Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Birja nimaligini bilmaydigan hokimlar bor» — Shavkat Mirziyoyev

«Birja nimaligini bilmaydigan hokimlar bor» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev birja savdolariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ayrim tuman hokimlarini tanqid qilgan.

«Hududlarning birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hokimlarning ish rejasi bilan tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalani ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», degan davlat rahbari

Shu bois har bir viloyat, tuman va shahar hokimiga:

  • o‘z hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish;
  • aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha oyma-oy rejalarini tasdiqlash topshirilgan.

Soha uchun har yili kamida mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarurligi aytilgan. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish topshirilgan.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning mavzu yuzasidan hisobotlari eshitilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring