Besh turdagi mahsulotlar import bojidan ozod etildi
«Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5262-son, 20.10.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha, jumladan, quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji «nol» stavkada qo‘llaniladi:
- sun’iy mo‘yna;
- zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
- sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
- shisha iplar;
- shisha tolali matolar va boshqalar.
Avvalroq, ayrim tovarlar bojxona to‘lovidan ozod etilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter