«O‘zbekneftgaz» AJ ACCA xalqaro uyushmasi akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi
«O‘zbekneftgaz» AJga ACCAning Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomi berildi. Bu bilan kompaniya moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni professional rivojlantirishning xalqaro standartlariga muvofiqligi bo‘yicha rasman e’tirof etildi.
Sertifikat moliyaviy boshqaruvda eng yaxshi jahon amaliyotini joriy etish imkonini beradi.
«O‘zbekneftgaz» AJ yurtimizdagi Sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasining «Kasbiy rivojlanish» yo‘nalishi bo‘yicha Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomini olgan 1-davlat, 3-ishlab chiqarish xolding kompaniyasi hisoblanadi.
Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi – moliya yo‘nalishida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlashni o‘ziga maqsad qilgan global professional uyushma hisoblanadi. Bu professional buxgalterlarning notijorat xalqaro tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi dunyodagi moliyaviy kasbni rivojlantirishdir. Assotsiatsiya 1904 yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan bo‘lib, hozirda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida o‘z vakolatxonalariga ega.
Akkreditatsiya va Assotsiatsiyaga a’zolik jamiyat xodimlariga ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan ta’lim dasturi doirasida professional malakani oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, kompaniyaning o‘z xodimlarini o‘qitishga sarmoya kiritishi, qiziqarli va noyob loyihalar ustida ishlashni ta’minlaydi, bu esa, o‘z navbatida, mas’uliyatli ish beruvchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi. Yana bir afzalliklaridan biri bu yosh iqtidorli va malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali kompaniyaning moliyaviy barqaror biznesini rivojlantirishga imkon beradi.
Uyushma a’zolari moliyaviy hamjamiyatdagi professionallar bilan tajriba almashishlari, ACCA tadbirlari va vebinarlarida ishtirok etishlari, shuningdek, muntazam ravishda treningdan o‘tishlari va malakalarini oshirishlari mumkin.
ACCA ta’lim dasturlari BMT tomonidan buxgalterlar, moliyachilar va auditorlar malakasini oshirish uchun yagona xalqaro qo‘llanma sifatida tasdiqlangan. Sertifikat professional hamjamiyatdagi eng nufuzli sertifikatlardan biridir.
«Xususiylashtirish va xalqaro kapital bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan davlat kompaniyalari uchun kadrlar malakasini tizimli ravishda oshirish strategik muhim vazifadir. Akkreditatsiyadan o‘tish, o‘z navbatida, xodimlar malakasini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi», - deb ta’kidladi «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining moliya-iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi Eskender Axayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter