Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal sovuqqa qaramasdan uzum yetishtirish ko‘paygani ma’lum qilindi

Anomal sovuqqa qaramasdan uzum yetishtirish ko‘paygani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Bu haqda Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarida aytilmoqda. 

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 foiz), Qashqadaryo (12,4 foiz), Buxoro (12,2 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,7 foiz), Jizzax viloyatida (1,4 foiz)ga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

O‘zbekistonda asosiy uzum hosilining yig‘ilishi avgust-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ko‘p hududlarda yanvar oyidagi anomal sovuq sabab hosildorlik kamligi aytilmoqda. 2023 yil uchun umumiy uzum yetishtirish statistikasi avvalgi yillarnikidan kam bo‘lishi ehtimoli bor. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring