Alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilar endi davlatga yig‘im to‘laydi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari, shtat birliklari soni tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasiga poytaxt mintaqasida «Sport» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilish vazifasi yuklatildi.
«Sport» erkin iqtisodiy zonasida jahon miqyosida yetakchi bo‘lgan sport kiyimlari va inventarlari ishlab chiqaruvchilar jalb etilgan holda zamonaviy korxonalar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, qaror bilan 2018-yil 1-iyundan boshlab jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yig‘imlar joriy etilmoqda. Xususan, endilikda realizatsiya qilingan 1 dal (10 litr) pivo uchun — 2000 so‘m, 1 dal (10 litr) aroq uchun — 5000 so‘m, 1000 dona sigaret uchun 1000 so‘m miqdorida yig‘imlar to‘lanishi lozim.
Mazkur yig‘imni alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga to‘laydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter