Alisher Usmonov O‘zbekistonda yana bir yirik ulushga ega bo‘ldi
O‘zbekistondagi yirik korxona — «Ohangaronsement» AJning 98,6 foizlik ulushi «Akkermann Cement CA» MChJ kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi.
Ushbu MChJ Rossiyaning «Akkermann Cement» kompaniyasiga tegishli. Bu kompaniyaga USM Holding egalik qiladi. Holdingning asoschisi va asosiy aksiyadori – milliarder Alisher Usmonov.
Akkermann Cement» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko «Ohangaronsement»ga sarmoya kiritilishi, O‘zbekistondagi barcha USM investitsiyalari kabi, birinchi navbatda, USMning asosiy aksiyadori Alisher Usmonovning tug‘ilgan vatani bo‘lmish O‘zbekistonni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidladi.
– Bu yerda olinadigan barcha daromad O‘zbekistonda qoladi va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bunda biz katta imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. Aholi soni ortib borayotgani, yuqori sifatli yangi uy-joylarga bo‘lgan talab, kelajakda ipoteka kreditlash orqali iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlash, bularning barchasi sement iste’molining oshishiga xizmat qiladi», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank»ning 58,33 foiz aksiyasi egasiga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter