Aksiyadorlarga 1,2 mlrd. so‘mlik dividendlar undirib berildi
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 100dan ortiq aksiyadorlarga 1,2 mlrd. so‘m miqdorida dividendlar undirib berildi va moddiy zarar qoplandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Agentlik kundalik faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:
- qimmatli qog‘ozlar amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi investorlar hamda qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
- qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va boshqalar.
«Biz fuqorolarning barcha murojaat va shikoyatlarini, ayniqsa «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi va «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari buzilish holatlari mavjud bo‘lganlarini jiddiy holda o‘rganmoqdamiz. Agentligimizga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri bu aksiyadorlar va investorlar huquqlarini himoya qilishdir» – dedi Atabek Nazirov.
Jumladan, 2019-yil yanvar oyidan aprel oyiga qadar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning 260 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi (jadvalga qarang).
Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, arizalarning 70 foiz aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga dividendlar to‘lanmasligi, 13 foizida esa aksiyadorlarning huquqlarini buzilishi (jamiyat boshqaruvi, ovoz berish jarayoni, umumiy yig‘ilishlarda ishtirok etish va h.k va boshqalar) kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter