Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ servis tarmog‘ini rivojlantirishda hamkorlikka tayyor

«O‘zmilliybank» AJ servis tarmog‘ini rivojlantirishda  hamkorlikka tayyor

Foto: Xabar.uz

Bugun mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar negizida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hayotimizga innovatsion texnologiyalarni, bu jarayonlar esa yangi-yangi xizmat turlarini paydo bo‘lishiga omil bo‘lyapti.

Eng asosiysi, servis tarmog‘i rivojlanishi natijasida yangi loyihalar ishga tushib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Xalqning turmush darajasi yaxshilanmoqda. Hududlarda ishbilarmonlar ko‘lami kengayib, tadbirkorlar qatlami shakllanmoqda.

Bugun xizmat ko‘rsatish sohasida savdo xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, ta’lim sohasidagi xizmatlar, restoran va mehmonxona xizmati, tibbiy xizmat, turizm kabi qator yo‘nalishlarga e’tibor qaratilayotgani fikrimiz tasdig‘idir.

Xususan, yurtimizda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning birinchi yarim yilligida 751 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga  o‘sdi.

Shuningdek, xizmatlar xajmi 329 trln. so‘mga yetkazilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga oshgan.

Aytish joiz, xizmatlar sohasida aloqa va axborotlashtirish (125%), ta’lim (124%), moliya (118%) xizmatlaridagi o‘zgarishlar boshqa turdagi xizmatlarga nisbatan yuqori o‘sish bo‘yicha natijalarni qayd etgan.

Bugungi kunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 70 foizi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi hamda jami band bo‘lgan aholining 55 foizidan ortig‘i  mazkur tarmoqda faoliyat yuritmoqda.

Natijalarni o‘tgan yil bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, respublikamizda xizmatlar sohasida o‘tgan yilning 9 oyida 42 mingta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davriga qadar 47 mingta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan. Natijada, respublikamizda 1 oktyabr holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 342 mingtaga yetdi.

Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirishda «O‘zmilliybank» AJ ma’sul etib belgilangandan so‘ng, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagilarga erishildi.

Jumladan, Toshkent shahrida 2023 yilning o‘tgan 9 oyida korxona va tashkilotlar tomonidan jami 133 trln. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 102 trln.so‘mni, davriy o‘sish esa 117 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, xizmatlar sohasida moliya, aloqa va axborotlashtirish, ta’lim va transport xizmatlaridagi o‘zgarishlar boshqa turdagi xizmatlarga nisbatan yuqori o‘sish bo‘yicha natijalarni qayd etgan.

Toshkent shahrida xizmatlar sohasi xajmining jadal sur’atlar bilan o‘sishining kuzatilishini amalga oshirilgan ishlar hamda avvaldan belgilab olingan chora-tadbirlar natijasi sifatida ko‘rish mumkin.

Ta’kidlash joiz, sohada yangi loyihalarni tashkil etish, faoliyatini kengaytirish hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zmilliybank» AJ tijorat banklari bilan birgalikda 7,8 mingta tadbirkorlarga 19,1 trln.so‘mlik kredit mablag‘lar yo‘naltirildi.

Buning natijasida, 2023 yil 1 sentyabr holatiga  ko‘ra, 13 mingta yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 77 mingtaga yetdi.

Umuman olganda, bugungi kunda xizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan 2 barobarga o‘sganligini kuzatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, xizmatlar xajmining o‘tgan yillarga nisbatan jadal o‘sib borishi aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmining yuqori o‘sishiga hamda aholi daromadlarining ko‘payishiga omil bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2023 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali jumladan, yangi tadbirkorlarni joriy qilish, loyihalarni to‘liq ishga tushirilishi, mavjud tadbirkorlar faoliyatini yanada kengaytirish, korxonalar faoliyatini rasmiy sektorga o‘tkazilishini ta’minlash  hamda soha yo‘nalishlarida fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish orqali jami 445 mingta ish o‘rinlarini yaratilishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan 9 oy davomida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar sohasida 393 mingta ish o‘rinlari tashkil etilganligi ijobiy natijalardan biridir.

Eng asosiysi, «O‘zmilliybank» AJ tomonidan xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida sohadagi korxonalarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, yangi loyihalarni xorijiy tajribalar asosida joriy etish, ularni moliyaviy tarafdan qo‘llab-quvvatlash kabi tizimli islohotlar davom ettiriladi.

Binobarin, Toshkent shahrida joriy yil yakuni bilan:

  • xizmatlar xajmi 172,4trln. so‘mga, o‘tgan yilga nisbatan 115 foizga,
    2020 yilga nisbatan esa 2 barobarga oshishi kutilmoqda.
  • natijada aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 2023 yil yakuni bilan 57 mln. so‘mga yetkazilib, 2022 yilga nisbatan 1,2 barobarga, 2020 yilga nisbatan 3 barobarga yetishi kutilmoqda.

Albatta, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish orqali hududlar iqtisodiy infrastrukturasi yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, yangi xizmat turlarini joriy qilish, shuningdek xizmatlar hajmini hamda tadbirkorlik sub’yektlarining sonini oshishiga sabab bo‘lmoqda. 

Bu orqali jamiyatimizning yashash tarzi yaxshilanib, ularning turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlar yaratilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring