80 dan ortiq kambag‘al va o‘rtahol davlatlar pandemiya tufayli Xalqaro Valyuta jamg‘armasidan yordam so‘radi

So‘nggi bir necha hafta ichida 80 dan ortiq kambag‘al va o‘rtacha daromadli davlatlar COVID-19 pandemiyasi tufayli iqtisodiy pasayish bilan kurashish uchun Xalqaro Valyuta Jamg‘armasidan moliyaviy yordam so‘ragan. Bu haqda britaniyaliklarning jahonga mashhur nashri «The Guardian» yozgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva, dunyo iqtisodiyoti 2008-2009 yillardagi global moliyaviy inqirozga qaraganda kuchliroq turg‘unlik holatiga kirgani va fond misli ko‘rilmagan miqdordagi talablarni qondirish uchun o‘z kuchini ko‘paytirishi kerakligini aytdi.
XVJ ayniqsa dunyoning eng qashshoq davlatlari orasida yangi qarz inqirozi boshlanishidan xavotirda ekanligini bildirgan.
«Biz, ayniqsa, past daromadli mamlakatlar uchun juda katta yordam ustida ishlamoqdamiz. Ularning aksariyati ushbu inqirozdan oldin ham kuchli holatda emas edilar va ko‘p, juda ko‘p qarzga ega. Biz qarzdorlik muammosiga duch kelgan boshqa davlatlar bilan birga ushbu holat dunyo iqtisodiyoti uchun katta muammoga aylanishiga qarshi kurashishimiz kerak. Qarzdor davlatlar butun dunyoga muammo bo‘ladi», — deydi mutasaddi.
Jahon banki prezidenti Devid Malpassning aytishicha, uning tashkiloti Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan yordam rejasini ishlab chiqmoqda. Bank kam ta’minlangan mamlakatlar uchun imtiyozli kreditlar berish bilan bir qatorda qarzlardan xalos etishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter