Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» quyonchilik rivoji uchun mijozlarga 414,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratdi

«Mikrokreditbank» quyonchilik rivoji uchun mijozlarga 414,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratdi

«Mikrokreditbank» ATB respublikamizda quyonchilikni rivojlantirishga mas’ul etib belgilanganiga bir necha yil bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi «Respublikada 2021 yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlari hamda veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni ko‘paytirish to‘g‘risida»gi yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilda quyonchilik yo‘nalishidagi 56 ta loyihaga umumiy qiymati 317,4 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuning 200,9 mlrd. so‘mi bank kreditidir.

Bugungi kunda mazkur loyihalarning 31 tasiga 89,2 mlrd.so‘m kredit shartnomalari imzolangan. Shu jumladan, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida umumiy qiymati 19 mln. yevro qiymatdagi quyonchilik kompleksini ishga tushirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, bugungi kunda 3,2 mln. yevro miqdorida kredit ajratilib, qolgan qismi mijozning talabi asosida bajarilgan ishga qarab bosqichma-bosqich to‘lov amalga oshiriladi.

Agrokompleks ishga tushishi natijasida, dastlab 40 ta, to‘liq ishga tushganda 200 ga yaqin doimiy ishchi o‘rni yaratiladi, 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming tonna quyon go‘shti yetishtirishga erishiladi. Quyon go‘ngini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilib, qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahalliy o‘g‘it yetkazib beriladi.

Shu bilan birga, quyonlarni kooperatsiya asosida ko‘paytirish uchun aholi, oilaviy tadbirkorlarga quyon, quyon qafaslari, ozuqasi, vetirinariya dori vositalari yetkazib beriladi va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Umumiy qilib aytganda, bank tomonidan bugungi kunga qadar quyonchilik faoliyatini rivojlantirishga jami 4093 ta mijozga 414,5 mlrd.so‘m, shundan 405 ta yuridik shaxslarga 338,3 mlrd.so‘m, 3688 ta jismoniy shaxslarga 76,2 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.

Mazkur mablag‘lar hisobidan 2021-yilda 1009 ta mijozga 176,5 mlrd.so‘m, shundan 41 ta yuridik shaxslarga 152,1 mlrd. so‘m, 968 ta jismoniy shaxslarga 24,4 mlrd.so‘m yo‘naltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring