2022–2026-yillarda asosiy «drayver» soha ma’lum qilindi

Prezidentning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, 2022–2026-yillarda Raqamli iqtisodiyot asosiy «drayver» sohaga aylantirilib, uning hajmini kamida 2,5 barobar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish belgilanmoqda.
Xususan, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobar, ularning eksportini esa 10 barobar oshirib, 500 mln AQSh dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Sun’iy intellektni mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2023-2030-yillarda rivojlantirish Strategiyasi» tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha, 2022-yil avgustiga qadar Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan alohida zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratishni ko‘zda tutuvchi IT-Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, 2022-2026-yillarda viloyat markazlarida axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish (IT-autsorsing) markazlari ham tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter