2021-yilda quvvati 100 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi quriladi
2021-yil oktyabr oyida quvvati 100 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati mas’ul xodimi Obidjon Dilmurodov ma’lum qildi.
2020-yilda xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida 6 ta yangi elektr stansiyasi qurilishi boshlangan. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar, umumiy quvvati esa 2 ming 700 megavattni tashkil etadi.
2021-yilda mamlakatimizda 1 ming 387 megavattlik quvvatga ega 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 megavatt bo‘lgan 4 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi.
Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bular Samarqand viloyatida Fransiyaning «Total Eren» kompaniyasi, Navoiy viloyatida Birlashgan arab amirliklarining «Masdar» kompaniyalari o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter