Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyuldan 200 va 500 so‘mlik banknotlar o‘z kuchini yo‘qotadi

1-iyuldan 200 va 500 so‘mlik banknotlar o‘z kuchini yo‘qotadi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda 1997-yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999-yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar shu yil 1-iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bu haqda Markaziy bank xabarida eslatib o‘tildi.

Mazkur qaror «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asoslangan. 

Eski namunadagi ushbu pul belgilari 2020-yil 1-iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari, 2020-yil 1-iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi.

Shu munosabat bilan, eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlaringiz mavjud bo‘lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkinligini aytib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring