Nima deb o‘ylaysiz, biz nechanchimiz? (infografika)

Butunjahon iqtisodiy forumining oxirgi (2017-2018-yillar uchun) e’lon qilingan hisobotida mamlakatlarning taraqqiyotini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri — yo‘llarning sifatiga ham baho berilgan.
Afsuski, 137 mamlakat kiritilgan bu reytingda O‘zbekiston yo‘q. Qo‘shnilarimizni esa kiritishibdi: yo‘llarining sifatiga qarab Tojikiston 70-o‘rin, Qozog‘iston 115-o‘rin, Qirg‘iziston 122-o‘rinda qayd etildi. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan, shuningdek, Rossiya —114, Moldova — 128, Ukraina — 130-o‘rinni band etgan.
Nazarimizda, ayni paytda o‘z avtomobil yo‘llarimizga baho berishimizda bu reytingdan ham ko‘ra chegaralar ochilganidan so‘ng qo‘shni davlatlarga serqatnov bo‘lib qolgan yurtdoshlarimizning fikri muhimroq. Nima deb o‘ylaysiz, biz nechanchi o‘rindamiz?

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter