Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi e’lon qilindi (infografika)
2020 yilda sodir etilgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili asosida infografika tayyorlandi.
Sudlar tomonidan 2020 yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq (JK 205-214, 243-moddalari) jami 2 270 nafar shaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.
Shundan 2 203 nafar shaxsga nisbatan 1 457 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan.
Jumladan:
- 80 nafar shaxsga nisbatan 59 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi;
- 2 123 nafar shaxsga nisbatan 1 398 ta ish bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan;
- 67 nafar shaxsga nisbatan 45 ta jinoyat ishi tugatilgan.
Jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar
- 45 nafar shaxsga nisbatan davlat xaridlari bilan bog‘liq qonun talablariga rioya qilinmaganligi;
- 45 nafar shaxsga nisbatan huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasidagi profilaktika ishlari samarali tarzda olib borilmaganligi;
- 50 nafar shaxsga nisbatan davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibining mavjud emasligi;
- 55 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining sohaga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarga biriktirilganligi (sohasiga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarda sodir etilganligi);
- 88 nafar shaxsga nisbatan shaxsning (jabrlanuvchi) o‘z manfaati yo‘lida qonunni chetlab o‘tishga urinishi yoki boshqa tarzdagi manfaatdorligi sababli jinoyatga yo‘l ochib berganligi;
- 99 nafar shaxsga nisbatan ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va malakali xizmat ko‘rsatilmasligi;
- 122 nafar shaxsga nisbatan davlat organlari xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘yganligi;
- 179 nafar shaxsga nisbatan ishga qabul qilishda mansabdorning (xodimning) shaxsi lozim darajada o‘rganilmaganligi, ayblanuvchining malaka darajasi yetishmasligi (muqaddam jinoyat sodir etganligi yoki sodir etishga moyilligi);
- 262 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining ijtimoiy ta’minlanmaganligi yoki adolatli mehnat sharoiti tashkil etilmaganligi;
- 598 nafar shaxsga nisbatan tizimda ish faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, sohada byurokratik to‘siqlarning mavjudligi (faoliyatning o‘zi korrupsiyaga yo‘l ochib berganligi);
- 642 nafar shaxsga nisbatan fuqarolarning moddiy manfaatdorlik yoki shaxsiy boylik orttirish yo‘lida jinoyatga qo‘l urishi kabi omillar korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter