Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama yozda Markaziy Osiyoda avjiga chiqqan pandemiya (infografika)

Jazirama yozda Markaziy Osiyoda avjiga chiqqan pandemiya (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Dunyoda pandemiya avjiga chiqa boshlagan, koronavirus hali O‘zbekistonga kirib kelmagan pallalarda, xorijlik bir mutaxassis bizning quruq iqlimimizni maqtab, bu yerlarda virus yashay olmaydi deya yuragimizda umid uchqunini yoqib ketgandi. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan quruq havo tugul, jazirama issiq ham koronavirusga kor qilmasligiga guvoh bo‘lyapmiz.

Koronavirus qayd etilishi bo‘yicha oxirgi uch oy (may, iyun, iyul) ko‘rsatkichlari o‘zaro qiyoslanganda, yozning dastlabki ikki oyida eng yuqori o‘sish, ta’bir joiz bo‘lsa karralik o‘sish, Markaziy Osiyoning «qaynoq» mamlakatlarida kuzatildi (koronavirus shiddat bilan kirib kelgan Tojikistonni istisno qilganda, ammo bu ham nisbiy...).

31-may — 31-iyul oralig‘i, ya’ni ikki oy mobaynida koronavirusga chalinganlar soni Qirg‘izistonda 20 baravar (!), Qozog‘istonda 8,2 (!), O‘zbekistonda 6,6 karra (!) ko‘paydi.

Solishtirish uchun: Ozarbayjon — 5,8, Armaniston — 4,1, Moldova — 3, Ukraina — 3, Latviya — 1,9, Tojikiston — 1,9, Belarus — 1,6, Gruziya — 1,5, Litva — 1,2, Estoniya — 1,1 baravar.

Infografikadagi «sariq to‘g‘ri chiziq» O‘zbekistonda pandemik vaziyat mo‘’tadilligidan dalolat emas, aslo. Shunchaki, «kechikkan koronavirus» effekti bu — burilishlar hali oldinda...

Xavotirli misollar

Iyul oyida O‘zbekistonda 15 506 kishi koronavirusga chalindi — jami holatlarning (24 009, 31-iyul holatiga ko‘ra) 64 foizi; 115 bemor koronavirusdan vafot etdi —jami vafot etganlarning 81 foizi.

Kecha, 31-iyul kuni O‘zbekistondagi 738 kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya davridagi eng yuqori kunlik o‘sishdir.

Bugun, 1-avgust O‘zbekistonda 7 soat ichida 5 hududda 265 kishida koronavirus aniqlangan, koronavirus qayd etilishlari umumiy soni 24 569 taga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring