Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari 14-pog‘onaga yomonlashdi

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari 14-pog‘onaga yomonlashdi

Xaritada qizil bilan jinoyatchilik ko‘p, yashil bilan jinoyatchilik oz sodir etilayotgan mamlakatlar ko‘rsatilgan.

Foto: «Numbeo»

«Numbeo» servisi jahon mamlakatlaridagi 2021-yilgi jinoyatchilik darajasi indeksini taqdim etdi.

Reyting qanday hisoblanadi?

Juda oddiy: Crime Index — Jinoyatlar indeksi, Safety Index — Xavfsizlik indeksi. Umumiy 100 ball har ikki holat darajasiga qarab taqsimlanadi: Ballar Jinoyatlar indeksida qancha past va aksincha, Xavfsizlik indeksida qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi.

O‘zbekistonning 2021-yildagi ko‘rsatkichlari: Crime Index — 34,70,  Safety Index — 65,30 ball.

Shu ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekiston dunyodagi xavfsizlik jihatidan 40-mamlakat. Holbuki, 2020-yil o‘rtalarida mamlakatimiz bu borada 26-o‘rinda edi — 14 pog‘ona pasaydik. O‘tgan yil o‘rtalaridagi ko‘rsatkichlar ushbu havolada.

«Numbeo» talqiniga ko‘ra, yangilangan reytingda O‘zbekiston xavfsizlik borasida Litva va Kuvaytdan ortda, Vengriya va Germaniyadan oldinda:  

Xavfsizlik bobida O‘zbekiston Osiyoda 19-o‘rinda (2020-yil o‘rtalarida 12-o‘rinda edi). Yoki boshqacha aytganda, jinoyatlar sodir etilishi bo‘yicha qit’amizda 43 mamlakat orasida 25-o‘rinda.

Jahon miqyosida jinoyatchilik eng avjiga chiqqan besh mamlakat xuddi o‘tgan yilgilar: Venesuela (84.25), Papua-Yangi Gvineya (80.24), JAR (77.07), Afg‘oniston (76.37), Gonduras (74.78).

Jahonda jinoyatlar eng kam sodir etilayotgan, eng xavfsiz besh mamlakat va hudud: Qatar (12.29), Tayvan (15.24), BAA (15.35), O‘mon (20.26) va Men oroli (20.79). O‘tgan yili 4-o‘ringa ko‘tarilgan Gruziya bu safar 10-o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring