«COVID-19 Challenge 2020» tanloviga 600ta ariza topshirildi

Koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun «COVID-19 Challenge 2020» onlayn tanlovida ishtirok etish uchun ikki hafta ichida jami 600ta ariza topshirildi. Ulardan rus tilida — 285 ta, o‘zbek tilida — 315 ta.
«COVID-19 Challenge 2020» — COVID-19 pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.
Tanlovga arizalar 7-apreldan 20-aprelgacha qabul qilindi. Arizalarni ko‘rib chiqish va onlayn suhbat 24-aprel kuni o‘tkaziladi. Tanlangan loyihalarni sinovdan o‘tkazish va e’lon qilish esa 30-aprel kuniga mo‘ljallangan.
Qiziqadigan shaxslar va kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tish va taklif etilayotgan texnologik yechim g‘oyasini onlayn shaklni to‘ldirish orqali taqdim etishlari so‘raladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar ko‘rib chiqiladi. Muvaffaqiyatli g‘oya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Kamida 5ta tanlangan loyihani sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Tanlangan loyihalar boshqa platformalarda ham keng namoyish etiladi.
Arizalar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan:
- Sog‘liqni saqlash — 123 ta;
- Yordamga muhtoj aholiga ko‘maklashish — 48 ta;
- Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash — 130 ta;
- Jamoatchilikni qo‘llab-quvvatlash — 21 ta;
- Ta’lim — 136 ta;
- Xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash — 32 ta;
- Hordiq — 35 ta;
- Qolgan barchasi — 75 ta;
Batafsil ma’lumot olish uchun tanlivning veb-saytiga kiring: http://covid-19challenge.it-park.uz/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter