Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada noqonuniy tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi qo‘lga tushdi

Zangiotada noqonuniy tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi qo‘lga tushdi

Zangiota tumanida jami 35 million 696 ming so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining navbatdagi partiyasi qo‘lga tushdi.

Tezkor tadbir davomida Bosh prokuratura boshqarmasi xodimlari, Davlat soliq qo‘mitasi vakillari bilan birgalikda, 3 turdagi, aksizsiz tamaki mahsulotlarining 1980 qutisini sotayotgan fuqarolarni qo‘lga oldi. Tovarning umumiy qiymati 35 mln 696 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JK 186-1 (etil spirti, alkogol maxsuloti va tamaki mahsulotini noqonuniy ishlab chiqarish yoki sotish) moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash lozim, so‘rovnomalarda qayd etilishicha, har 3 respondentdan 2 nafari noqonuniy tamaki mahsulotini bozordan yoki ko‘cha sotuvchilaridan sotib olgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, noqonuniy tamaki mahsuloti sotishning asosiy manbalari bozorlar va ko‘cha sotuvchilaridir.

Agar davlat mana shu realizatsiya kanallari masalasini hal qilsa, noqonuniy savdo darajasi sezilarli qisqargan bo‘lardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring