«Zakovat»chi Abbos Salaydinov «samosud»ga uchragani bo‘yicha prokuratura bayonot berdi
«Zakovat»chi, huquqshunos jurnalist Abbos Salaydinov «samosud» qilingani haqida xabar qilingandi. Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Termiz tumani, «Navro‘z» mahallasida yashovchi A.Salaydinovning Termiz shahridagi «Yubileyniy» savdo majmuasi yonidagi dorixonaga 2022 yil 18 mart kuni dori sotib olish uchun kirgan va dorixona sotuvchisi S.R. dan xarid qilingan dori uchun chek talab qilgan vaqtida, sotuvchi unga terminaldan pul yechib olinganligi unga asos bo‘lishligini aytgan. Shunda A.Salaydinov soliq organlariga xabar berishini ma’lum qilgan, bunga javoban sotuvchi S.R. va dorixona egasi Sh.N. uni urib haqorat qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha A.Salaydinovning murojaati yuzasidan shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari o‘tkazilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 24.03.2022 yildagi xulosasiga ko‘ra, A. Salaydinovning olgan tan-jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra, 6 kun muddatdan o‘tmaydigan tez o‘tib ketuvchi «yengil» tan-jarohati ekanligi qayd etilgan.
To‘plangan hujjatlar, taraflardan olingan tushuntirish xatlari va ekspertiza xulosasiga ko‘ra, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi bois, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etib, S. R va Sh. N. larga nisbatan O‘zbekiston Respubikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat) va 52-moddasi 2-qismi (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) bilan, A.S. ga nisbatan MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ma’muriy material 31.03.2022 yilda mazmuna ko‘rib chiqishlik uchun JIB Termiz shahar sudiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter