Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Hukumat qarori bilan (684-son, 16.11.2021-y.) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan).

Ijaraga oluvchida alkololli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini «Ma’muriy amaliyot» tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar avtomobilini notariussiz bir oygacha ijaraga berishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring