Yuqori mansabdor shaxslar nomini sotib jinoyat sodir etganlikda gumondor ushlandi

Davlat bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar IIBB Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumondor shaxs qo‘lga olindi.
Muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan A.K. bu gal huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning yuqori mansabdor shaxslari nomini sotib, idoralarning xizmat-kiyim boshlaridan foydalangan holda fuqarolarni aldab, ularning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi aytilmoqda.
A.K. jinoiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘zining jinoiy sheriklari bilan birga fuqarolarni ishga kiritib qo‘yish, yirik miqdordagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq qalbaki shartnomalar tuzib berish evaziga juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 23 oktyabr kuni fuqaro A.K. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b», 4-qismi «a» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborilgan.
Ushbu shaxsdan jabrlangan fuqarolar tergov organiga murojaat qilishlari mumkinligi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter