Yunusobod tumanida juda ko‘p miqdorda soliq to‘lamaslik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «W.T.» MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 mlrd. so‘mlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 mlrd. so‘mligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, 2019 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha hisobotlardan yashirib, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qariyb 9 mlrd. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganliklari aniqlangan.
Vaholanki, korxona mansabdor shaxslariga, bir oy muddat ichida soliq to‘lovlarini budjetga to‘lashi lozimligi tushuntirilib, 5.10.2019 yilda rasman ogohlantirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter