Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV nashrida Yulduz Usmonovaga huquqiy chora ko‘rilishiga ishora qilindi

IIV nashrida Yulduz Usmonovaga huquqiy chora ko‘rilishiga ishora qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Birlashgan tahririyati sayti (postda.uz) orqali xalq artisti Yulduz Usmonovaning tizim xodimlari sha’niga aytgan gaplariga nisbatan munosabat bildirildi.

Saytda e’lon qilingan jurnalist Kamol Olloyorov «O‘ylamay gapirgan og‘rimay o‘lar» maqolasida «...qizlarimiz, ayollarimiz ibrat olishi kerak bo‘lgan san’atkorimizning tilidan uchgan so‘zlar» kishida (xonandaga nisbatan) «azbaroyi, achinish»  uyg‘otishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada «...vaqti-soati kelib, Yulduz Usmonovaning «kuyib-yonishlari» sababi oydinlashar, holatga huquqiy baho berilar ham», deya alohida ta’kidlanadi.

«Balki, «kechirim so‘rash» chellenji aynan u tomonidan davom ettirilar. Nima bo‘lganda ham, butun bir tizim xodimlarini haqoratlashga, obro‘yini yerga urishga hech kimning haqqi yo‘q», deydi pirovardida muallif.

Darvoqe, muallif bashorat qilganidek, oradan ko‘p o‘tmay xonanda ijtimoiy tarmoq orqali uzr so‘rashga ham ulgurdi. Biroq uning «tazarru»si ko‘rib, uzrning qadri qolmayaptimi, degan xayolga borishingiz aniq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlari sha’ni va qadr-qimmatini (xonanda ularga nisbatan «padaringga la’nat» iborasini qo‘llashdan tashqari «mana hurmat!» deya ko‘rsatich va o‘rta barmoqlari orasidan bosh barmog‘ining uchini ko‘rsatgandi) yerga uruvchi «bayonoti»ni qoralab chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring