Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lto‘sar bosqinchilar qonun oldida javob berishadi

Yo‘lto‘sar bosqinchilar qonun oldida javob berishadi

2022 yil 20 mart kunidan 21 martga o‘tar kechasi soat 00:40 larda, noma’lum shaxslar Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar va Chinobod ko‘chalari kesishgan chorrahasidan o‘tib ketayotgan 23 yoshli A.S.ni to‘xtatishadi.

Bosqinchilar unga tegishli bo‘lgan bahosi 350 AQSh dollarlik Samsung S-10 rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab, so‘ngra qo‘llarida bo‘lgan pichoqni ko‘rsatib, o‘ldirish bilan qo‘rqitishadi. Uning yonida bo‘lgan 42 AQSh dollarlik Novey A-70 rusumli telefon apparati va 380.000 so‘m pul mablag‘larini ham bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 27 yoshli O.M., 25 yoshli Z.M. hamda N.F.lar sodir etganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan bosqinchilik jinoyatiga qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring