Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashamayman siz bilan» — kaltaklanayotgan bola voqeasi ombudsman tomonidan nazoratga olindi

«Yashamayman siz bilan» — kaltaklanayotgan bola voqeasi ombudsman tomonidan nazoratga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi ota uy-joy yuzasidan oila a’zolari bilan nizolashib, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini uydan haydab chiqarish bilan tahdid qilayotganligi va farzandini shafqatsizlarcha urib do‘pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha ayol mahallaga va uchastka noziriga murojaat qilsa ham, hech qanday chora ko‘rilmasdan kelmoqda, deyiladi xabarda.

Videoda kaltaklanayotgan bolaning «Yashamayman siz bilan» degan gaplari eshitiladi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring