Yaqinda ishdan haydalgan hokim qamoqqa olindi

Andijon viloyati Izboskan tumanining sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov hibsga olindi. U yaqinda ishdan bo‘shatilgandi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, u noqonuniy qarorlar chiqarib, yer maydonlarining talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda.
Qayd etilishicha, sobiq hokim 20 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 205, 229-4-moddalari bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan hamda Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan ushlanib, hibsxonaga joylashtirilgan.
Ismoilov Izboskan tumaniga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi. U 10 dekabr kuni prezident maslahatchisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan sessiyada ishdan olingandi.
Serobiddin Ismoilov 2017-2018 yillarda viloyat hokimining o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq bir qator amaldorlar qamoqqa olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas