Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana farzandfurushlik. Xorazmda bag‘ritosh ona ushlandi

Yana farzandfurushlik. Xorazmda bag‘ritosh ona ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘z farzandini sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unga ko‘ra,  Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 23 yoshli K.Sh. ikki yashar bolasini 7 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatamiz,  kuni kecha qoraqalpog‘istonlik ayol 13 yoshli farzandini aldab, uning o‘ziga aytmasdan 15 ming AQSh dollariga boshqaga sotayotganda ushlangani xabari berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring