Yana Andijon: bir blogerning ishi sudda tezkorlik bilan ko‘rilgan bo‘lsa, ikkinchisiniki «dam yeb» yotibdi
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Koshkarovaning Human.uz axborot portali rahbari, jurnalist-bloger Xurshid Dalevga tuhmat qilgani tasdiqlandi.
Aytilishicha, G.Qoshqarova Andijon shahar hokimligining telegram sahifasi orqali X.Daliyevni kurak tugul, tuvakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, uni hatto «Hizbut-tahrir» (terrorchilik tashkiloti) a’zosi deyishgacha boradi.
Xurshid Daliyev hududlardagi ijtimoiy muammolarni faol yoritib kelayotgan jurnalist-bloger sifatida tilga tushgan.
Jurnalistning shikoyatiga asosan surishtiruv o‘tkazgan IIB xodimi Andijon shahar hokimligi mulozimiga nisbatan MJtKning 40-moddasi (tuhmat) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘zg‘atgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish hujjatlari 2019-yilning dekabr oyida Andijon shahar ma’muriy sudiga yuborilgani aytiladi. Biroq u hali sudda ko‘rib chiqilgani yo‘q.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz, asakalik bloger O.Nuritdinovga nisbatan 30-dekabr kuni ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, o‘sha kuniyoq sud qarori bilan 15 sutka qamoq jazosi berilgandi. Boshqa bloger — Xurshid Daliyev jaburlanuvchi bo‘lib o‘tgan mazkur «ish» esa ma’muriy sudda hamon «dam yeb» yotibdi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter