Xorijda berilgan haydovchilik guvohnomasi O‘zbekistonda o‘tadimi?

Tahririyatimizga mushtariylardan ko‘plab savollar va murojaatlar kelishi davom etmoqda. Ularning chegarasi O‘zbekistonni kesib o‘tib, chet elga ham yoyildi. Xorijdagi yurtdoshlarimizning qiziqishlari ham biz uchun muhim.
«Salom. Men hozir Rossiyada yashayman. Iltimos savolimga javob yozib yuborsangiz. Men shu yerda haydovchilik guvohnomasi olmoqchi edim. Agar uni olsam, O‘zbekistonda haqiqiy hisoblanadimi?»
Bunday vaziyatda Rossiya Federatsiyasida o‘qib olgan haydovchilik guvohnomangizga belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligida apostil qo‘ydirishingiz lozim. Shundan so‘ng, O‘zbekistonda transport vositasini boshqarishingiz mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter