Xorij fuqarosi Bekobodda qo‘lga tushdi
Kuni kecha Bekobod shahar IIB, Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan, «O‘zbekiston» MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, o‘zini shubhali tutayotgan 29 yoshli A.Sh. (Tojikiston Respublikasi fuqarosi) vaqtincha yashab kelayotgan xonadon, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, xonadon yotoqxonasida vazni 14,9 kg bo‘lgan «gashish» giyohvandlik vositasi (sotish maqsadida saqlangan) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter