Xorazmda yetakchi inspektor ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyatning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori R.R., fuqaro R.ning Xonqa tumani, «Qirqyop» qishlog‘idagi binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ob’yektni qabul qilish rad qilingan bo‘lsada, R.R. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning tanishi F.ga go‘yoki ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishini va’da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter