Xizmat iti devor g‘ishtlari orasidagi giyohvandlik vositalarini topib berdi
Yurtimizda narkotik vositalarni savdosi va aylanmasiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat Davlat xavfsizligi ximati va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda «Qoradori-2020» doirasida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida Jarqo‘rg‘on tumanida isteqomat qiluvchi fuqaro B.R ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Xonadonning hovlisida joylashgan omborxonani xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirish jarayonida bu yerda 2 dona shisha idishlarda va omborxona devor g‘ishtlari, shiferlar va eski buyumlar orasiga 34 ta qog‘oz parchalariga o‘rab yashirib qo‘yilgan «Marixuana» giyohvandlik moddasi saqlanib kelinayotganligi aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasining og‘irligi elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda jami 136,16 grammni tashkil etdi. Giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter