Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shaxar sudining ajrimi bilan Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan «Qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tergov davomida Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta’mirlash ishlari davomida jami 1,7 mlrd. so‘m miqdordagi mablag‘larini talon-toroj qilganligi va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter