Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqtincha propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilish taklif etildi

Vaqtincha propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilish taklif etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning telegram kanalida vaqtinchalik propiska masalasini hal qilishda mobil aloqa qurilmasidan foydalanish taklif etildi.

«Buning uchun vaqtincha ishlashga kelgan fuqaro turgan yeri bo‘yicha maxsus ma’lumotlar bazasiga qisqa raqamli SMS, masalan, 1 raqamini sms qilib yuboradi va shu orqali o‘zining turgan joyi bo‘yicha lokatsiyani ma’lum qiladi. Agar boshqa manzilga borsa, o‘sha manzildan yana sms yuboradi vassalom.

IIB ma’lumotlar bazasi orqali kim kerak bo‘lsa geolokatsiyasi orqali borib fuqaroni topib olaveradi, propiskayam, ro‘yxatam, shartnomayam, to‘lovam kerakmas. Faqat mas’ullarda hoxish bo‘lsa bas», — deyiladi taklifda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring