Umra safariga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2020-yil 15-oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral oyida Namangan shahridagi aviakassalardan birida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirib, o‘zini va ota-onasi hamda turmush o‘rtog‘ini «Umra xaj safariga» yuborishini aytib, 12.950 AQSh dollarini olgan va hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma’lum qilgan. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayol huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan unga nisbatan chora ko‘rishini so‘ragan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter