Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchastka noziri ishi bilan prokuratura shug‘ullana boshladi

Uchastka noziri ishi bilan prokuratura shug‘ullana boshladi

Qonuniy choralar ko‘rishga kirishilgan.

Foto: «UzNews.uz»

Saytimizda «Jizzaxda uchastka noziri va mahalla posboni fuqaroni ayovsiz kaltaklashdi» sarlavhali maqola e’lon qilingan, unda 1987-yilda tug‘ilgan g‘allaorollik fuqaro Zamonov Shuhrat Rahmatullayevich mast holatdagi uchastka noziri E.O. va posbon I.A. tomonidan do‘pposlangani, tan jarohati olgani to‘g‘risida ma’lumotlar oshkor etilgandi.

Bugun, 14-aprel kuni biz yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun jabrlanuvchining ukasi Dilshod Zamonov bilan bog‘landik. «Xudoga shukur, akamning ahvoli qoniqarli. Bugun boshidagi jarohatlar va operatsiya o‘rni qayta bog‘lov (perevyazka) qilindi. Sog‘lig‘i yaxshilanmoqda», — dedi Dilshod.

Yana bizga ma’lum qilishlaricha, G‘allaorol tumani prokuraturasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha surishtiruv-tergov ishlari boshlab yuborilgan. Qonuniy choralar ko‘rishga kirishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring