Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman sudi raisi vafoti bo‘yicha surishtiruv boshlandi – manba

Tuman sudi raisi vafoti bo‘yicha surishtiruv boshlandi – manba

Foto: «Twitter.com»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab vafot etgani xabari berilgandi.

Mazkur fojia haqida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Xabar.uz»ning Xorazm viloyati IIBdagi manbasiga ko‘ra, voqea bugun – 17-may kuni tong saharda yuz bergan. Aytilishicha, soat 05:30 – 06:00lar atrofida M.Qilichev shaxsiy avtomashinasida Xiva shahrining xalq tilida «Obvandnaya» ko‘chasida ketayotib, xafvli aylanma burilishiga yetganda boshqaruvni yo‘qotadi. Oqibatda yo‘l bo‘yidagi daraxtga urilib, voqea joyida vafot etadi.

Hozirgi vaqtda Xiva shahar IIB va shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring