Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda soxta diplom va’da qilgan kollej direktori o‘rinbosari ushlandi

Toshkentda soxta diplom va’da qilgan kollej direktori o‘rinbosari ushlandi

Illyustrativ foto.

Shu yilning 6-fevral kuni Toshkent shahri, Sergeli tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga asosan 37 yoshli kollej direktori Ilhom T. 1500 AQSh dollari miqdorida pul olayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U o‘zining tanishlari orqali 33 yoshli Shahnoza Yu.ga ukasi nomiga kollejni tamomlagani haqida diplom tayyorlab berishni va’da qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-bandiga («Firibgarlik») muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring