Toshkentda jahon chempioni Murod Xonto‘rayev qo‘lga olingan
Toshkent shahrida aralash kurashning (MMA) og‘ir vaznli jangchisi Murod Xonturayev tan jarohati yetkazishda ayblanib, qo‘lga olingan. Bu haqda «UzNews» xabar tarqatdi.
U 20-iyun kuni tunda tan jarohati, ya’ni ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba berilgani jarohati bilan Yunusobod tumanidagi sobiq 17-shahar shifoxonasi, hozirgi 7-shifoxonaga yotqizilgan. Ertasi kuni sportchi Toshkent shahar IIBB ga olib ketilgan va shu kunga qadar so‘roq qilinmoqda.
Nashrning yozishicha, «Xonto‘rayev ishi» yuzasidan yana boshqa shaxslar ham ushlangan.
«Daryo» ma’lumotiga ko‘ra, Murod Xonto‘rayev — jahon chempioni, «Osiyo ayig‘i» laqabi bilan dunyoga tanilgan. Ayni paytga qadar 11 ta jang o‘tkazib, ulardan 8 tasida (6 tasini nokaut bilan) g‘alaba qozongan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter