O‘zbekistondan yana ikki jahon chempioni chiqdi! (video)

13-23-aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston qizlar va yigitlar terma jamoasi 18 nafar bokschi bilan (10 nafar o‘g‘il bola, 8 nafar qiz) ishtirok etdi.
Kuni kecha Nigina O‘ktamova o‘zbek bokschi qizlari ichida jahon chempioni maqomiga erishgan ilk sportchiga aylangani xabar qilingandi.
Yigitlar o‘rtasida kechgan final janglarida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi jahon chempioni bo‘ldi. Finalda -52 kg vazn toifasida Shahzod Muzaffarov rossiyalik raqibini ochkolar hisobida yenggan bo‘lsa, eng og‘ir vazin toifasida Jahongir Zokirov armanistonlik bokschini nokautga uchratdi.
O‘tkazilgan janglar yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz bokschilari O‘zbekistonga 10 ta medal bilan qaytadigan bo‘lishdi:
O‘g‘il bolalar:
Oltin:
-52 kg: Shahzod Muzaffarov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-69 kg: A’loxon Abdullayev
-81 kg: Shohjahon Abdullayev
Qizlar:
Oltin:
-54 kg: Nigina O‘ktamova
Kumush:
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva
Bronza:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova
-69 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Final janglari:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter