Toshkentda fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanganlar ushlandi
Joriy yil 28-iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida olib borilgan tungi patrullash tadbirlari vaqtida 8 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Aniqlanishicha, ularning bari avval ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bilan javobgarlikka tortilgan.
Tadbir davomida ayollarning shaxsi, turar joyi va ro‘yxatdan o‘tgan manzili aniqlangan hamda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, yengil tabiatli ayollar bilan suhbatlar o‘tkazilib, bu yo‘lga kirib qolishlariga sabab bo‘lgan omillar va ularni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter