Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi

DXX va Departament Toshkentda bitkoin sotgan shaxslarni ushladi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro D.K. «R.» ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, raqamli kripto valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSh dollariga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o‘zining 5 foiz  ustama foydasini qo‘shib hisoblab 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan «elektron hamyon»ga  o‘tkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSh dollari va 800 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va «R.» ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring