Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida sudya pora olishda ayblanmoqda

Toshkent viloyatida sudya pora olishda ayblanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 7 fevral kuni Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh prokurorning Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha  tumanlararo sudi sudyasi T. O.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi (Pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yakunda Kengash xulosasi bilan T.O.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring