DXX hokimlik mansabdorini jinoyat ustida qo‘lga oldi
Toshkent viloyatining Chinoz tumani hokimligida ishlovchi mansabdor shaxs, baliqchilik xo‘jaligi tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorga 1,32 gektar yer maydoni ajratilishiga yordam berishini aytib, xizmati evaziga 12.800 AQSh dollari talab qiladi.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun so‘ralgan puldan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter