Toshkent viloyatida $450 mingga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2021 yil 1 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Sh.S. N.M.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tumandagi Chorbog‘ qo‘rg‘oni, «Bochka» suv bo‘yicha turistik va boshqa dam olish maskani qurish uchun mo‘ljallangan 80 sotix bo‘sh yer maydonini kadastr hujjatlarini tayyorlab, $450 mingga sotishini, avans sifatida $20 ming berishini talab qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Sh.S. tumanidagi «Ugam» olma bog‘i ko‘chasida joylashgan dala hovlida N.M.dan $20 mingni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28-211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 224-moddasi tartibida ushlandi. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter