Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi sovg‘ali o‘yinlardan ehtiyot bo‘ling

«Telegram»dagi sovg‘ali o‘yinlardan ehtiyot bo‘ling

Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi 28 yoshli T.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 10.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumanida yashovchi 20 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, A.A. Internet foydalanuvchilariga «Telegram» messenjeri orqali soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b»  qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring