Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi sovg‘ali o‘yin tuzoq bo‘lib chiqdi

«Telegram»dagi sovg‘ali o‘yin tuzoq bo‘lib chiqdi

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli I.Yu. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.544.000 so‘m pullar noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 17 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan A.A. internet foydalanuvchilariga «Telegram» messenjeri orqali «Prizli o‘yin» mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring