«Telegram»dagi «sovg‘alar» tuzoq bo‘lib chiqdi
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 47 yoshli M.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 900.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 28 yoshli P.I. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, P.I. internet foydalanuvchilariga «Telegram» messenjeri orqali «sovg‘alar» mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, P.I.ning fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter