Adliya vazirligi «Telegram»da «Qonunchilikka taklif» botini ishga tushirdi

«Huquqiy axborot» kanali.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Telegram» messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanalida maxsus «Qonunchilikka taklif» boti loyihasi ishga tushirildi, deb xabar berdi «Uza.uz».
«Qonunchilikka taklif» boti loyihasi orqali fuqarolar endi u yoki bu qonun hujjatidagi kamchiliklar yoki uni takomillashtirish haqidagi mulohazalarini bevosita Adliya vazirligiga yuborishlari imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Joriy yil noyabr oyidan «Telegram» messenjerida faoliyat yuritishni boshlagan «Huquqiy axborot» kanali (t.me/huquqiyaxborot) ning obunachilari soni 27 mingga yaqinlashib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter